Ma'lumotlarni boshqarish
Hisobni o'chirish
Oxirgi yangilanish: 20.09.2026
Qaysi ilova va kim haqida
- Ilova: Qonun.ai (Google Play'dagi identifikator — uz.osonhujjat.ai), veb-sayt qonun.ai va Telegram orqali ishlaydigan xizmat.
- Ishlab chiquvchi: «ADL TECH» MChJ, STIR 313328699, Xorazm viloyati, Bog'ot tumani, «Oq Oltin» MFY, Istiqlol 1-tor ko'chasi, 57-uy.
- Hisobingizni o'chirish uchun ilovani qayta o'rnatishingiz shart emas — so'rovni shu sahifadagi manzil orqali ham yuborishingiz mumkin.
So'rovni qanday yuborish mumkin
Ilova ichidan
- Ilovani oching va «Hisobim» bo'limiga kiring.
- «Hisobni o'chirish» tugmasini bosing.
- Sababni yozing (ixtiyoriy) va so'rovni yuboring.
Elektron pochta orqali
- info@qonun.ai manziliga xat yuboring; mavzuga «Hisobni o'chirish» deb yozing.
- Xatda hisobingiz bog'langan telefon raqamini yoki elektron pochtani ko'rsating — biz so'rov egasini shu orqali aniqlaymiz.
- So'rov hisob egasidan kelganiga ishonch hosil qilish uchun qo'shimcha tasdiqlash so'rashimiz mumkin. Bu begona odam sizning hisobingizni o'chirib yuborishining oldini oladi.
Nima o'chiriladi
- Profil ma'lumotlari: ism, telefon raqami, elektron pochta, tug'ilgan yil va kasb.
- Barcha murojaatlaringiz va ularga berilgan javoblar, suhbatlar tarixi.
- Yuklagan fayllaringiz: ovozli xabarlar, shartnomalar, hujjat suratlari, videolar va yaratilgan PDF hujjatlar.
- Ishlar, muddatlar, eslatmalar va hujjat qoralamalari.
- Kirish tokenlari va qurilma yozuvlari — hisobga kirish butunlay to'xtaydi.
Nima saqlanib qoladi va qancha muddatga
- To'lov yozuvlari — summa, sana va usul. Ular buxgalteriya hisobi va soliq talablariga ko'ra qonunda belgilangan muddat davomida saqlanadi. Bu yozuvlarda murojaatlaringiz matni bo'lmaydi.
- Rozilik yozuvlari — qaysi hujjatga, qachon rozilik berilgani. Ular nizo chiqqanda dalil bo'ladi va shu maqsadda saqlanadi.
- Texnik jurnallar — ular cheklangan muddat saqlanadi va navbat bilan avtomatik o'chirib turiladi.
- Bu yozuvlar sizning shaxsingizni aniqlash uchun ishlatilmaydi va hisobingiz o'chirilgach ularga tayanib xizmat ko'rsatilmaydi.
Muddat
- So'rov 3 ish kuni ichida bajariladi.
- Hisob o'chirilgach, unga bog'langan ma'lumotlarni tiklab bo'lmaydi. Kerakli hujjatlaringizni oldindan yuklab oling.
- Hisobni o'chirmasdan, faqat ayrim suhbat yoki fayllarni o'chirmoqchi bo'lsangiz, buni ilovadagi tarix ro'yxatidan o'zingiz qila olasiz.
Aloqa
- Elektron pochta: info@qonun.ai
- Telefon raqami: +998 95 574 07 77
Ma'lumotlar qanday yig'ilishi va saqlanishi Maxfiylik siyosatida batafsil yozilgan.