Qonun.ai API

Enterprise tarifi uchun integratsiya

Kirish

API Enterprise tarifida ishlaydi. Kalitni kompaniya admini Kompaniya → API bo'limida yaratadi. Kalit faqat yaratilganda bir marta ko'rsatiladi — yo'qolsa, eskisini o'chirib yangisini yarating.

Har so'rovda kalit sarlavhada yuboriladi:

Authorization: Bearer qai_XXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXX

(yoki X-Api-Key: qai_...). Tana — JSON, Content-Type: application/json.

Kalit orqali bajarilgan so'rovlar kompaniyaning so'rovi hisoblanadi va kompaniya limitidan (savol, hujjat) ayiriladi.

POST/api/kompaniya/v1/savol/

Huquqiy savolga javob — qonun.ai chatidagi bilan bir xil AI.

MaydonTavsif
questionSavol matni, 3–4000 belgi (majburiy)
languz, uz_cyr, ru, en — bo'lmasa matndan aniqlanadi
curl -X POST https://qonun.ai/api/kompaniya/v1/savol/ \
  -H "Authorization: Bearer $QONUN_AI_KALIT" \
  -H "Content-Type: application/json" \
  -d '{"question": "Xodimni sinov muddatida ishdan bo'\''shatish mumkinmi?"}'
{
  "ok": true,
  "id": 1532,
  "answer": "...",
  "category": "Mehnat huquqi",
  "law_title": "Mehnat kodeksi, 102-modda",
  "institution": "",
  "risk_level": "O'rta",
  "lang": "uz",
  "from_cache": false
}

POST/api/kompaniya/v1/hujjat/

Hujjat tayyorlash. Ikki yo'l:

MaydonTavsif
template_idKompaniyaning o'z shabloni (Kompaniya → Shablonlar ro'yxatidagi id). data — obyekt yoki erkin matn: tomonlar, summa, muddat…
legal_template_idqonun.ai namunasi. data — obyekt, data.holat (vaziyat bayoni, kamida 10 belgi) majburiy.
curl -X POST https://qonun.ai/api/kompaniya/v1/hujjat/ \
  -H "Authorization: Bearer $QONUN_AI_KALIT" \
  -H "Content-Type: application/json" \
  -d '{"template_id": 12, "data": {"Xaridor": "\"Alfa\" MChJ", "Summa": "45 000 000 so'\''m"}}'
{"ok": true, "id": 877, "title": "Yetkazib berish shartnomasi", "content": "...", "created_at": "2026-10-09T14:20:11+05:00"}

Hujjat kompaniya arxiviga ham tushadi (Kompaniya tarifidan boshlab ko'rinadi).

Cheklovlar va xatolar

Har kalitga daqiqasiga 30 ta so'rov. Oshsa — 429 va Retry-After: 60. Tarif limiti tugasa ham 429 (code: "limit").

HTTPcodeMa'nosi
400—So'rov noto'g'ri (maydon yo'q, JSON buzilgan)
401kalitKalit noto'g'ri yoki o'chirilgan
403tarif_yoqKompaniya tarifida API yo'q (Enterprise emas)
404—Shablon yoki namuna topilmadi
429rate_limit / limitDaqiqalik chegara yoki tarif limiti
503ai_yoqAI vaqtincha javob bermadi — keyinroq qayta urining

Xato javobi: {"ok": false, "error": "...", "code": "..."}