Qonun.aiPitch Day 3.0 Taqdimot
MuammoMahsulotAIRaqobatBiznesJamoaYo'l xaritasiRejaChatbotAPIDemo

Demo

Qonun.ai qanday ishlaydi

Haqiqiy vaziyat bilan: ishdan noqonuniy bo'shatilgan xodim savol beradi, javob oladi, ishga tiklash haqida ariza tayyorlaydi va qayerga topshirishni biladi.

Video ochilmasa: to'g'ridan-to'g'ri havola

Video tavsifi

Videoda nimalar ko'rsatilgan

Hamma qadamlar jonli qonun.ai saytida yozib olingan, davomiyligi 2 daqiqa 36 soniya. Chatbotdagi javob oldindan tayyorlanmagan — AI uni yozib olish paytida yozdi. Ovoz: sun'iy intellekt diktor.

  1. Kirish va muammoNega odamlar huquqiy yordamsiz qoladi: yurist qimmat, qonun matni murakkab, ariza yozish qiyin.
  2. YechimQonun.ai nima qiladi va u qaysi kanallarda ishlaydi — sayt, Telegram bot, mobil ilova.
  3. Jonli AI maslahatchi"Ishdan ogohlantirishsiz bo'shatishdi" savoli ro'yxatdan o'tmasdan yoziladi. Javob shu zahoti keladi: Mehnat kodeksining aniq moddasi, lex.uz havolasi va keyingi qadamlar.
  4. Ariza generatoriNamunalar ro'yxati, da'vo arizasini tanlash va savollarga javob berish (namuna ma'lumotlar). Oxirida QR kodli PDF chiqadi.
  5. Yuridik xarita2500 dan ortiq rasmiy idora: sud, notarius, IIB, DXM, FHDYO, adliya — eng yaqini ko'rsatiladi.
  6. AI bilan ovozli suhbatYozishga qiynaladigan odam muammosini gapirib beradi.
  7. Shartnoma auditiXavfli bandlar qizil, e'tiborlilari sariq — har biriga tavsiya bilan.
  8. Biznes model va yo'l xaritasiFreemium + B2B, bitta javob tannarxi ~160 so'm. Hozirgi bosqich — Launched; keyingisi Google Play, App Store va B2B sotuv.

To'liq taqdimot

Muammo va yechim, jamoa, yo'l xaritasi, amalga oshirish rejasi, AI chatbot va ochiq API.