Shartnoma auditi
Shartnomani PDF, Word yoki surat ko'rinishida yuklaysiz. Tizim xavfli bandlarni topadi, qaysi moddaga zidligini ko'rsatadi va qanday tuzatishni taklif qiladi.
Qonun.ai · Kompaniyalar uchun
Shartnomani imzolashdan oldin tekshiring, kerakli hujjatni daqiqalarda tayyorlang. Xodimlaringiz mehnat, soliq va shartnoma savollariga O'zbekiston qonunchiligi asosida, aniq modda bilan javob oladi.
Telegram yoki Google hisobi bilan 1 daqiqada kirasiz — to'lov kartasi so'ralmaydi.
Imkoniyatlar
Takrorlanadigan huquqiy ishlarni platforma bajaradi. Murakkab holatda esa shu yerning o'zida yurist bilan bog'lanasiz.
Shartnomani PDF, Word yoki surat ko'rinishida yuklaysiz. Tizim xavfli bandlarni topadi, qaysi moddaga zidligini ko'rsatadi va qanday tuzatishni taklif qiladi.
Mehnat shartnomasi, buyruq, talabnoma, da'vo arizasi, ishonchnoma va boshqalar. Vaziyatni yozasiz — platforma tayyor hujjatni tuzib beradi, PDF ko'rinishida yuklab olasiz.
Javob Lex.uz dagi amaldagi qonun matniga tayanadi va tegishli modda raqami ko'rsatiladi — uni o'zingiz tekshira olasiz.
Da'vo muddati, shikoyat berish, mehnat nizolari bo'yicha muddatlar hisoblanadi va o'z vaqtida eslatiladi.
Xodimlarni taklif havolasi bilan qo'shasiz. Har biri o'z hisobidan ishlaydi, siz kim qancha foydalanganini ko'rib turasiz.
Holat murakkab bo'lsa — platforma ichida amaliyotchi yurist bilan 30 daqiqalik yozishma orqali maslahat.
Qanday ishlaydi
«Xaridor to'lovni kechiktirsa, har bir kun uchun 1% penya to'laydi.»
Penyaning yuqori chegarasi belgilanmagan — summa cheksiz o'sishi mumkin.
Tavsiya: penya miqdorini kamaytirish va umumiy summaga chegara qo'yish.
«Nizolar yetkazib beruvchi joylashgan joydagi sudda ko'riladi.»
Tavsiya: nizo joyini ikki tomonga ham qulay qilib kelishish.
Kimga foydali
Solishtiring
Kundalik savollar platformada yopiladi, yurist faqat haqiqatan murakkab ishlar bilan shug'ullanadi.
| Odatiy yo'l | Qonun.ai bilan | |
|---|---|---|
| Shartnomani tekshirish | Yuristga yuborib, bir necha kun kutish | Bir necha daqiqada, xavfli bandlar ro'yxati bilan |
| Oddiy hujjat (buyruq, talabnoma) | Internetdan eski namuna qidirish | Vaziyatingizga moslab tayyorlanadi |
| Kechqurun yoki dam olish kuni | Dushanbani kutish | 24/7 javob |
| Javob manbasi | Tekshirish qiyin | Har javobda qonun va modda raqami |
| Murakkab nizo, sud | Advokat | Advokat — platformadagi jonli yurist orqali |
Qanday ulanadi
Platforma brauzerda, Telegram'da va telefonda ishlaydi.
30 daqiqalik onlayn uchrashuv: sizning shartnomangiz misolida platformani ko'rsatamiz.
Tarif va xodimlar sonini kelishamiz. Korxona hisobidan bank o'tkazmasi yoki karta orqali to'lanadi.
Taklif havolasini xodimlarga yuborasiz — har biri o'z hisobi bilan qo'shiladi, siz sarfni panelda ko'rasiz.
Tariflar
Narx butun jamoa uchun, oylik. Limitlar har 30 kunda yangilanadi. Narxlarga QQS qo'shilmaydi.
Kichik va o'rta biznes uchun
Kishi boshiga ~99 800 so'm. Yillik to'lovda 20% chegirma — 4 790 400 so'm, to'langan yil ichida narx o'zgarmaydi.
O'rta kompaniyalar uchun
Kishi boshiga ~99 900 so'm. Yillik to'lovda 20% chegirma — 9 590 400 so'm, to'langan yil ichida narx o'zgarmaydi.
Korxona hisobidan to'lash kerakmi? Shartnoma va hisob-varaq asosida bank o'tkazmasi bilan to'lashingiz mumkin. 10 dan ortiq xodim uchun alohida shartlar kelishiladi.
Taklif so'rashIshonch
Har bir javobda tegishli qonun va modda raqami bor. Qonun matnlari rasmiy Lex.uz bazasidan olinadi.
Yuklangan hujjatlar faqat so'rovingizni bajarish uchun ishlatiladi va boshqa foydalanuvchilarga ko'rinmaydi. Batafsil — Maxfiylik siyosati.
Xizmat «ADL TECH» MChJ tomonidan ommaviy oferta asosida ko'rsatiladi. Qonun.ai — yordamchi vosita; sudda vakillik uchun advokat bilan ishlashni tavsiya qilamiz.
Savol-javob
Tarif egasi taklif havolasini xodimlarga yuboradi. Xodim havolani ochib, o'z Telegram yoki Google hisobi bilan qo'shiladi. Egasi har bir xodimning sarfini ko'radi va istalgan vaqtda uni jamoadan chiqara oladi.
Premium'da jamoa umumiy limitdan foydalanadi. Biznes va Firma'da limit xodim o'rinlari soniga teng bo'linadi — bitta xodim butun jamoa limitini sarflab qo'ya olmaydi.
Qo'shimcha paket olasiz yoki kerakli xizmatni bir martalik to'lov bilan ishlatasiz. Summa to'lovdan oldin ko'rsatiladi.
Javob amaldagi qonun matniga tayanadi va modda raqami bilan beriladi, shuning uchun uni tekshirish oson. Muhim qarorlar oldidan va sud ishlarida platformadagi jonli yurist bilan maslahatlashing.
Yo'q. Har bir hisobning hujjatlari faqat o'ziga ko'rinadi, jamoa egasi esa xodimlarning hujjatlarini emas, faqat sarf hisobini ko'radi.
Ha. Tarif, xodimlar soni va muddat bo'yicha shartnoma va hisob-varaq beramiz. To'lov tushgach tarif yoqiladi.
Ha. Bepul tarifda ro'yxatdan o'tib imkoniyatlarni sinab ko'rasiz. Jamoangizga jonli taqdimot kerak bo'lsa — biz bilan bog'laning.
Qisqa onlayn taqdimot: kompaniyangiz shartnomasi yoki hujjati misolida platforma qanday ishlashini ko'rsatamiz va savollaringizga javob beramiz.