Baza hajmi
14
Kodeks va qonun hujjati
Barcha tahlil shu hujjatlar asosida tuziladi
1340
Ariza va shikoyat namunasi
Sud, prokuratura va inspeksiyaga
13
Qonuniy muddat
Hisoblanadi va yaqinlashganda eslatiladi
Imkoniyatlar
Tizim nima qila oladi
Tahlildan hujjatgacha, muddatdan manzilgacha — bitta joyda.
- 01 Huquqiy tahlil Tegishli kodeks va modda topiladi
- 02 Ariza va hujjat Tayyor matn, yuklab olinadi
- 03 Hujjat auditi Shartnoma yoki qog'oz surati tekshiriladi
- 04 Muddat nazorati Hisoblanadi va yaqinlashganda eslatiladi
- 05 Yuridik xarita Eng yaqin sud, notarius, IIB bo'limi
- 06 Mening ishlarim Har murojaat alohida ish bo'lib saqlanadi
Ish haqim 3 oydan beri to’lanmayapti
Kodeks va moddalar tanlanmoqda
- 01Buzilgan modda va rasmiy manba
- 02Qayerga murojaat qilish kerak
Oddiy sun'iy intellektdan farqi
Bitta savol, ikki xil javob.
Ish haqim 3 oydan beri to’lanmayapti. Nima qilay?
Oddiy chatbot
− «Sudga murojaat qiling»
− Qaysi modda — aytilmaydi
− Manba ko'rsatilmaydi
− Muddat haqida gap yo'q
− Suhbat shu yerda tugaydi
Qonun.ai
01 Buzilgan modda ko'rsatiladi
02 Rasmiy manba beriladi — tekshirasiz
03 Muddat hisoblanadi va eslatiladi
04 Ariza .docx holida tayyorlanadi
05 Murakkab bo'lsa — advokatga yo'naltiradi
Yozishga vaqt yo'qmi — gapiring
Ovozli xabar yuboring yoki jonli suhbatlashing. Javobni ham ovozda eshitish mumkin.
Huquqni bilmaslik uni yo'qotishga olib keladi
Qo'lda qog'oz bor, lekin tushunarsiz. Qayerga borishni bilmaysiz, yurist qimmat — muddat esa ketyapti.
Qanday ishlaydi
To'rt qadam
Yuridik atama bilishingiz shart emas — muammoni qanday tushunsangiz, shundayligicha ayting.
Muammoni aytasiz
Yozib, gapirib yoki hujjat suratini yuborib.
Tahlil qaytadi
Qaysi modda, qanday huquq va amalda nima qilish kerak.
Hujjatni olasiz
Ariza tayyor holda chiqadi — yuklab olasiz va imzolaysiz.
Muddatni kuzatasiz
Ish saqlanadi, muddat yaqinlashganda eslatiladi.
Yurist yollashga imkoni yo'q har bir odamga
Eng ko'p uchraydigan holatlar — o'zingiznikini toping.
01Mehnat va ish haqi
- Ish haqini undirish
- Noqonuniy ishdan bo'shatish
- Mehnat shartnomasi
02Oila va meros
- Aliment
- Nikohdan ajratish
- Meros va mulk
03Pul va xarid
- Qarzni undirish
- Iste'molchi huquqi
- Nuqsonli tovar
04Davlat va jarima
- Asossiz jarima
- Yo'l harakati qoidalari
- Soliq savollari
05Shartnoma va mulk
- Shartnoma nizolari
- Uy-joy masalalari
- Tadbirkorlik
Ko'p beriladigan savollar
Xizmat pullikmi?
Hozircha barcha imkoniyatlar to'lovsiz ochiq. Tariflar keyinroq joriy etilishi mumkin — bu haqda oldindan xabar beriladi.
Qanday kiraman? Parol kerakmi?
Parol kerak emas. Kirish Telegram orqali: tugmani bosasiz, Telegramda «Boshlash» ni bosasiz — shu zahoti kirasiz.
Telegramda avval ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, telefon raqami va tasdiqlash kodi bilan ham kirish mumkin. Kod SMS emas, Telegramga keladi.
Javoblar qayerdan olinadi? Ishonsam bo'ladimi?
Tahlil O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Lex.uz milliy ma'lumotlar bazasi asosida tuziladi. Javobda ko'rsatilgan moddalar rasmiy manbaga bog'lanadi — ularni ochib, asl matnni o'zingiz tekshirishingiz mumkin.
Shunga qaramay bu advokat maslahati emas. Muhim qarorlardan oldin asl matnni tekshiring va mutaxassisga murojaat qiling.
Ishim murakkab bo'lsa nima bo'ladi?
Tizim murojaatni saralaydi: holat shoshilinchmi, javobga qanchalik ishonch bor va advokat zarurmi. Ish murakkab bo'lsa buni yashirmaydi — ochiq aytadi va advokat bilan bog'lanishni taklif qiladi.
Qaysi tilda yozsam bo'ladi?
O'zbek tilida (lotin yoki kirill) hamda rus tilida. Tizim siz yozgan tilni o'zi aniqlaydi va shu tilda javob beradi.
Ma'lumotlarim kimga ko'rinadi?
Murojaatlaringiz sizning hisobingizga bog'lanadi va boshqa foydalanuvchilarga ko'rinmaydi. Xizmat ishlashi uchun zarur bo'lgan ma'lumotlargina saqlanadi.
Batafsil maxfiylik siyosati va foydalanish shartlari sahifalarida.
Boshlash
Ro'yxatdan o'tish shart emas — Google hisobingiz bilan bir bosishda.
Loyiha haqida
Qonun.ai
Huquqiy yordamni har bir fuqaro uchun ochiq qilish — loyihaning maqsadi shu. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Lex.uz milliy ma'lumotlar bazasi asosida ishlaydi.
Tizim uchta yo'l bilan ishlatiladi: Telegram, telefon uchun Mini App va veb-brauzer. Uchalasida ham bitta hisob, bitta tarix.